“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida “O‘zbekiston arxivlari portali ishga tushirilishi va arxiv ishidagi davlat nazorati” mavzusida BRIFING bo‘lib o‘tdi.





“O‘zarxiv” agentligi tomonidan davlat arxivlarining arxiv xizmatlari xaqida axborot beruvchi O‘zbekiston arxivlari portali https://portal.archive.uz ishga tushirildi. Mamlakatimizda arxiv sohasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari va davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini yoritib beruvchi mazkur portal, arxiv hujjatlari va boshqa turdagi materiallarni tezkor, qulay usulda foydalanuvchi va tadqiqotchilarga yetkazish hamda shu bilan birga davlat arxivlari aholining barcha qatlamlariga arxiv sohasidagi huquqiy madaniyatni singdirishga qaratilgan ko‘rgazmali materiallarni doimiy ravishda yangilab, elektron shaklda tarqatish imkoniyatini beradi.

Yo‘lga qo‘yilgan portalda O‘zbekiston va jahonda arxiv ishi yo‘nalishida bo‘layotgan yangiliklar eʼlon qilinibgina qolmay, tashkil etilayotgan anjumanlar to‘g‘risida xabarlar va ilmiy maqolalar ham berib boriladi. Platforma har bir Arxiv ishi hududiy boshqarmasi haqidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga olibgina qolmay, ular tasarrufidagi davlat arxivi haqidagi maʼlumotlar ham kiritilgan. Mazkur portaldan barcha tashkilotlar ish yurituvchilari va arxivchi xodimlari, shuning jismoniy shaxslar hg‘am foydalanishlari mumkin.

“O‘zarxiv” agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2023 yilda 317 ta vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘limlarida arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati tadbirlari o‘tkazildi. Tekshirilarning 39 tasi Agentlik tomonidan,
278 tasi arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan davlat nazorati tekshirishlari bo‘yicha 287 ta tashkilotlarga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritilgan va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
2154-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etgan 37 nafar masʼul xodimga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar tuzilib tegishli sudlarga yuborilgan bo‘lsada, 2 ta tashkilotda o‘tkazilgan tekshirishlar bo‘yicha to‘plangan materiallar prokuratura organiga taqdim etilgan.

Tekshirishlar davomida asosan quyidagi qonunbuzilishlar:

O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini belgilangan muddatlarda davlat arxivlariga topshirmaslik, arxiv hujjatlarining qimmatliligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazmaslik, jumladan, arxiv ro‘yxatlarini tuzmaslik, hujjatlarni tartibga keltirmasdan saqlash, arxiv xonalariga bo‘lgan talablarga rioya etmaslik;

Ish yuritish qoidalariga rioya etmaslik, jumladan, ish yuritish yo‘riqnomalari, yig‘majildlar nomenklaturalari ishlab chiqmaslik;

Arxiv ishi va ish yuritishga masʼullarning bilim va malakalari yetishmasligi hamda tegishli malaka oshirish kurslarida o‘z malakalarini oshirmaslik holatlari aniqlanmoqda.

Bundan tashqari, Agentlik tomonidan qonunbuzilishlarni oldini olishga qaratilgan choralara ko‘rib borilib, tizimdagi davlat arxivlari tomonidan tomonidan 1721 ta tashkilotlar va korxonalarga arxiv ishi va ish  yuritish bo‘yicha uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.

2023 yil davomida Agentlik huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazida jami 630 nafar tinglovchi malaka oshirib, undan 17 nafar tinglovchi Agentlik tizimidagi xodimlar, 613 nafar tinglovchi respublika idora va tashkilotlardagi masʼul xodimlar o‘qitildi.

Jumladan, Arxiv ishi bo‘yicha 257 nafar, Ish yuritish va ijro nazorati bo‘yicha 146 nafar, Boshqa kurslar bo‘yicha 227 nafar tinglovchilar o‘z malakalarini oshirdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazida “O‘zarxiv” agentligi va uning tizim tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlovchi xodimlar ishtirokida "Davlat organlari va tashkilotlarning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish” o‘quv kursi anʼanaviy  va onlayn tarzda o‘tkazilib, jami 145 nafar xodim malaka oshirishi taʼminlandi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati