“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyevning AOKAdagi 2024-yil 12-dekabrdagi “O‘zarxiv” agentligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda arxiv surovlari bilan ishlash holati mavzusida BRIFINGI


 

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyevning AOKAdagi 2024-yil 12-dekabrdagi “O‘zarxiv” agentligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda arxiv surovlari bilan ishlash holati mavzusida BRIFINGI 2024-yil 10-dekabr holatiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1178 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 25 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjud, shundan: O‘zbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 896 ta murojaatlardan 874 ta ijrosi bajarilgan, 22 tasi bajarish jarayonida, muddati o‘tgan murojaatlar mavjud emas; “O‘zarxiv” agentligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozma kelib tushgan 36 ta murojaatlardan 36 ijrosi bajarilgan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan 73 ta murojaatlardan, 72 ta ijrosi bajarilgan, 1 tasi bajarish jarayonida, muddati o‘tgan murojaatlar mavjud emas; O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining «Xotin-qizlar muammolari bo‘yicha 1211 ishonch telefoni»ga (Call-center) kelib tushgan 10 ta murojaatlardan 10 tasi ijrosi bajarilgan va bajarish jarayonida, muddati o‘tgan murojaatlar mavjud emas; “O‘zarxiv” agentligi idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan 7 ta murojaatlardan 7 ta ijrosi bajarilgan, “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2024-yilning II-yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 10 dekabr holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 25 ta sayyor va shaxsiy qabullar o‘tkazilib, ularda 159 nafar fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqilgan; O‘zbekiston Respublikasidagi davlat arxivlariga my.archive.uz tizimi orqali ijtimoiy-huquqiy hamda mavzuli so‘rovlar 10 dekabr holatiga jami so‘rovlar soni – 259 415 tani tashkil qilib, mehnat faoliyatini tasdiqlash – 3 640 ta, tezlashtirilgan mavzuli so‘rovlar 45 417 ta, mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash – 49 726 ta, mavzuli so‘rovlar – 45 296 ta, o‘qiganlikni tasdiqlash – 19 242 ta, elektron nusxa olish — 426 ta, oylik maoshni tasdiqlash – 95 668 tani tashkil etadi. Bundan tashqari xorijiy mamlakatlardan, xususan MDH davlatlaridan “O‘zarxiv” agentligiga bugungi kunda jami 11 565 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar kelib tushgan, shundan, 11 065 tasi ijroga qaratilgan, 500 ta bajarish jarayonida, muddati o‘tgan so‘rovlar mavjud emas. Hozirda Agentlik va uning tizimidagi davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladigan 10 turdagi davlat xizmatlarining 8 tasi elektron tarzda Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilmoqda. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali quyidagi xizmatlardan foydalanish mumkin: 1) Mavzuli so‘rovlarni ijro etish 2) Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar to‘g‘risida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish 3) Oliy va o‘rta maxsus taʼlim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish 4) Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini berish 5) Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash 6) Arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) 7) Davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma “Litsenziya” AT orqali quyidagi xizmatdan foydalanish mumkin: 8) Davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma Arxivlarning elektron o‘quv zallariga onlayn kirish, arxiv hujjatlarining ro‘yxatlarini ko‘rish va zarur arxiv hujjatlarini tanlash arxiv hujjatlari nusxalariga buyurtma berish va yuklab olish imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan “Kinofotofono-arxiv hujjatlari portali” axborot tizimi (online.archive.uz) joriy etildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati