"O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmatining rasmiy bayonoti

Respublikamizda koronovirus pandemiyasi natijasida e’lon qilingan karantin jarayonida O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi barcha davlat arxivlari har doimgidek ishchi holatida o‘z ish faoliyatini olib boradi.

Davlat arxivlari binolarida, jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonalarida sanitariya ishlov ishlarini olib borish hamda barcha davlat arxivlari xodimlarini zarur gigiyenik vositalar bilan ta’minlash vazifasi rahbarlarga yuklatildi.

Shuningdek, davlat arxivlariga fuqarolar mexnat staji va ish xaqi bo‘yicha arxiv ma’lumotnomalarini olish uchun elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, elektron pochta uzarchive@archive.uz (jumladan milliy arxivlar va arxiv ishi hududiy boshqarmalarining elektron pochta manzillari Agentlikning rasmiy veb-sayti www.archive.uz da joylashtirilgan) manzillariga murojaat etishlari mumkin.

"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati