“Oʻzarxiv” agentligi Birlashgan Arab Amirliklari rasmiy delegatsiyasini kutib oldi
2019-yil 22-24-sentyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklari Milliy arxivi direktori Majid Sulton al Mxeiri boshchiligidagi Birlashgan Arab amirliklari delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashriflari oʻtkazildi. Delegatsiya aʼzolarini “Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktori Ulugʻbek Mirtalibovich Yusupov kutib oldi. Delegatsiya aʼzolari “Oʻzarxiv” agentligida rasmiy uchrashuv va muzokaralar oʻtkazdilar. Tashrif davomida Oʻzbekiston Milliy arxivi, Oʻzbekiston kinofotofono hujjatlari Milliy arxivi faoliyati bilan yaqin tashindilar. Bundan tashqari “UyjoyloyixaLITI” AJ, Tashgiprogor loyixa institutlari loyixasi arxitekorlari bilan uchrashib ularga Oʻzbekistonda qurilgan zamonaviy, muxtasham binolarning bosh loyixalari yuzasidan taqdimot va savol javoblar tashkil etildi. Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Toshkent shahri hududida bino qurish uchun qulay boʻlgan yer maydonlari bilan joyiga chiqib tanishdilar. Delegatsiya aʼzolarining iltimoslariga binoan Fanlar Akademiyasi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Xasti Imom majmuasi, yangi bunyod etilayotgan islom sivilizatsiyasi Markaziga tashriflar uyushtirildi. Tashriflar chogida mexmonlarga ushbu bino va majmualarning qurilish texnologiyasi va yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan batafsil axborot berildi. Delegatsiya oʻz ishini davom ettirmoqda.
“Oʻzarxiv” agentligi axborot xizmati.