“O‘zarxiv” agentligi Bosh direktori Buxoro viloyat Qorako‘l tumani davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabulini o‘tkazdi.
2019 yil 19 iyul kuni Bosh direktori Ulug‘bek Mirtalibovich Yusupov Buxoro viloyat Qorako‘l tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabulini o‘tkazdi. Sayyor qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qilingan murojaatlar jumladan, arxiv ma’lumotnomalarini olishda amaliy yordam so‘rab qilingan murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, ularning ijrosi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan alohida nazoratga olindi.