“O‘zarxiv” agentligi Bosh direktorining “8-mart Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan bayram tabrigi

 

Assalomu alaykum, hurmatli, qadrdon va muhtaram arxivchi xotin-qizlar!

 

Bahor! Yangilanish va yosharish fasli! Bahor kirib kelishi bilan qalbimizda o‘zgacha shukuh, o‘zgacha quvonch va o‘zgacha bir so‘z bilan ifodalab bo‘lmas his tuyg‘ular jo‘sh uradi.

Tabiat ochilib, ko‘ngillarimiz yorug‘ tuyg‘ularga to‘lib borayotgan mana shu shukuhli ayyom Siz aziz ayollar bayrami bilan hamohangligi biz erkaklarni yanada quvontiradi...

Siz, azizlarni, sizlar orqali butun arxiv muassalarida faol ishlab kelayotgan barcha xotin-qizlarni 8 mart bayrami bilan ayollarimiz, onalarimiz, opalarimiz, singillarimiz bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etishdan o‘zimni baxtiyor his qilaman!

Hech kimga sir emas, Siz arxivchi ayollarning jonbozligingiz sabab mamlakatimizda arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi muassasalar tartibli, saranjom-sarishta, ozoda, fayzlidir.

Biz bugun Yaratganning buyuk mo‘’jizasi bo‘lgan, hayot davomiyligi va abadiyligini o‘zida mujassam etgan ayol zotini, tabarruk zotlarni ulug‘lar ekanmiz, o‘zining latofati va nafosati, vafo va sadoqati, qalb saxovati bilan oilani oila qiladigan, xonadonlarimiz bekasi va charog‘boni bo‘lmish siz, munis ayollarimizga har qancha tasannolar aytsak, sizlarni har qancha e’zozlab, boshimizga ko‘tarsak, arziydi, albatta.

Sizlarni bayram bilan chin qalbimizdandan tabriklar ekanmiz, umringiz uzoq, iqbolingiz ziyoda bo‘lsin! Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin! Doimo oilangiz va farzandlaringiz, el-yurtimiz ardog‘ida bo‘ling, aziz, ayollar!

Barchangizga bayram muborak bo‘lsin!

 

Chuqur hurmat va ehtirom ila,

 

Abdushukur Hamidovich Abdullayev!

 

2017 yil 7 mart,
Toshkent shahri