"O‘zarxiv" agentligi buyrug‘iga ko‘ra Burxanova O‘g‘ilbu Tashkenbayevna 2022 yil 7 maydan Sirdaryo viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bungacha O‘.Burxanova xalq ta’limi tizimida xodim va rahbar, Sayxunobod tuman hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Sayxunobod tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.
"O‘zarxiv" agentligi O‘.Burxanovaga mas’uliyatli va qizg‘in faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi hamda soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga ishonadi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
O'zbekiston Respublikasi Xukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi