“Ơzarxiv” agentligi delegasiyasi Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat arxivlariga tashrif buyurdilar

Joriy yil 11-13 mart kunlari Turkiya  Respublikasining Istambul shahrida Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Ơzarxiv” agentligi va Turkiya  Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat arxivlari bosh direksiyasi ơrtasida 2019-2020 yillarda madaniy-gumanitar hamkorlikni  yanada rivojlantiriga doir kelishuvlarni amalga oshirilishini ta'minlash bơyicha AMALIY XARAKATLAR REJASIni imzolash hamda Turkiya  Respublikasi davlat arxivlari faoliyati bilan tanishish va tajriba almashish  amalga oshirildi.

Mazkur rasmiy tadbir ikki davlat orasida arxiv sohasida 2018 yilda imzolangan ơzaro hamkorlik  yuzasidan Bayonnoma doirasida amalga oshirildi.

Rasmiy tadbir doirasida imzolangan AMALIY XARAKATLAR REJASIning har bir bandi ơzaro muhokama  etilib, amalga oshirish mexanizmlari kelishib olindi.

Ơzbekiston delegasiyasi Turkiya davlat arxivlari, xususan Turkiyada  eng yirik va boy hisoblangan Usmoniylar arxivi faoliyati bilan tanishtirildi.

Shuningdek,  joriy yilda Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat arxivlari bosh direksiyasi bilan hamkorlikda Turkiya va Ơzbekiston davlat arxivlarida saqlanayotgan tomonlar tarixiga oid arxiv hujjatlari asosida tơplam nashr  etish va xalqaro kơrgazma uyushtirish rejalashtirildi.