"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTOR O‘RINBOSARI SH.SADIKOV JIZZAXLIK YOSHLAR BILAN "OCHIQ MULOQOT" TADBIRIDA.

Joriy yil 18 mart kuni Jizzax viloyatiga xizmat safari davomida "O‘zarxiv" agentligi direktor  o‘rinbosari Sherzod Sadikov Sharof Rashidov tuman davlat arxivida tizimda ishlayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

"Ochiq muloqot" tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda tizimda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, yosh kadlarni malakasini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir masalalar va muammolar muhokama qilindi.

Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga  Sh.Sadikovdan batafsil javob oldilar.
Uchrashuv viloyat yoshlariga ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, yoshlarga bo‘lgan munosabat, ularni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar, respublika oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli o‘qish imkoniyati yaratilganligidan, ularga bo‘lgan e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirib o‘tdilar.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати