"O‘zarxiv" agentligi direktor o‘rinbosari Xusan Isayev Guliston shahrida bir guruh sirdaryolik faol yoshlar bilan muloqot qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati haqida gapirib, unda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda yoshlarning alohida o‘rni borligini ta’kidladi.

Shuningdek, ishtirokchilarga Agentlik tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etish ishlari, yangilanishlar va oldinda turgan maqsadlar xususida ham ma’lumot berildi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати