"O‘ZARXIV" AGЕNTLIGI DIRЕKTORI ANDIJON VILOYATI ASAKA TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILMOQDA.

Joriy yil 27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2021 yilning  II yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli  jadvali”ga ko‘ra, “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Andijon viloyati Asaka tumani davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazilmoqda. Sayyor qabulga tashrif buyurgan fuqarolarning ish haqlari hamda yer egaligini belgilovchi qaror ko‘chirmalari olinishi yuzasidan shuningdek sohaga oid savollariga huquqiy maslaxat va ko‘mak oldilar.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati