"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI DENOV TUMANI DAVLAT ARXIVI BUGUNGI KUN FAOLIYATINI O‘RGANDI

Surxondaryoda xizmat safari doirasida "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Denov tumani davlat arxivi faoliyatini o‘rgandi.

Davlat arxivlarining moddiy-texnik bazasi, joriy etilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, hujjatlarni raqamlashtirish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun:Denov tuman davlat arxivi 1934 yilda tashkil topgan. 1973 yilga qadar bo‘lgan davrda Denov rayon Said otaliq madrasaning binosida o‘z faoliyatini olib bordi. Denov rayonlararo davlat arxivi 1974 yildan boshlab Denov rayon G‘alaba kolxozi mehmonxonasi sifatida qurilgan binoga ko‘chiriladi. Mazkur arxivda sovet va mustaqillik davriga oid tuman boshqaruv idoralari hujjatlari saqlanadi. 2010 yilgacha Denov tumanlararo davlat arxivi deb yuritilib kelgan. 


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати