“O‘zarxiv” agentligi direktori hamda respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan yosh arxivchi xodimlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.
Namangan viloyat madaniyat markazida “O‘zarxiv” agentligi direktori hamda respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan yosh arxivchi xodimlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda yoshlar tomonidan sohani rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilayotgan innovatsion g‘oyalar, tashabbuslar yuzasidan berilayotgan takliflari ko‘rib chiqildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari va takliflari bilan rahbarga yuzlandilar hamda ularning yechimlari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.