"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI MO‘YNOQ TUMAN ShAXSIY TARKIB HUJJATLARI DAVLAT ARXIVI MUAMMOLARINI O‘RGANDI.
Joriy yil 22 sentyabr kuni xizmat safari doirasida "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Mo‘ynoq tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida bo‘ldi.
Arxivning hozirgi binosi, undagi hujjatlarning saqlanish holati, ishchilar uchun sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmat sifati, mavjud muammolar bilan tanishdi. Shuningdek arxiv balansiga berilishi rejalashtirilayotgan binoga borib, arxiv uchun mosligi o‘rganildi. Rahbar xodimlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Ma’lumot uchun: Mo‘ynoq tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi 2020 yil 18 martda tuman hokimining 03/111-sonli Qaroriga asosan tashkil etildi.
Arxiv muassasasi tomonidan hududdagi korxona va tashkilotlarning hujjatlarini shartnoma asosida tartibga keltirish, o‘rnatilgan tartibda saqlovga qabul qilish ishlari olib borilmoqda.
Shu kungacha bo‘lgan davrda arxiv saqloviga olingan hujjatlar jami 85 ta fondni tashkil qildi.