"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI NAVOIYLIK YoShLAR BILAN "OChIQ MULOQOT" TADBIRIDA.
Joriy yil 15 dekabr kuni Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Navoiy viloyati arxivchi yoshlari bilan uchrashdi.
"Ochiq muloqot" tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda tizimda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, yosh kadlarni malakasini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir masalalar va muammolar muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun:Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalarda 45 ta 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar faoliyat yuritmoqda. Yoshlar yetakchisi I.Raxmonov tashabbusi bilan yoshlarni sohaga qiziqtirish maqsadida o‘quv kurslari negizida chet tili to‘garagi tashkil etilgan. Bu yil Zarafshon shahar davlat arxivi yetakchi arxivchisi O.Xalilov O‘zbekiston Milliy universitetining arxivshunoslik yo‘nalishiga imtiyozli qabul qilindi.
Xizmat safari davom etadi...