"O‘zarxiv" agentligi direktori o‘rinbosari Isayev Xusan Nurullayevichning Xonqa tuman davlat arxivida Jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini sayyor qabuli
Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2021 yilning II yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq "O‘zarxiv" agentligi direktori o‘rinbosari Isayev Xusan Nurullayevichning Xonqa tuman davlat arxivida Jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini sayyor qabuli o‘tkazilmoqda.
"O‘zarxiv" agentligi direktori o‘rinbosari Isayev Xusan Nurullayevich Xonqa tumani davlat arxivida hujjatlarni raqamlashtirish ishlarining olib borilishi, onlayn xizmatlarni yo‘lga qo‘yilganligi, aholi va xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlarni o‘rgandi. Olib borilayotgan ishlar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarni berib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: Xonqa tuman davlat arxivi 1967-yilda tashkil etilgan. Davlat arxivi binosi 2011-yilda davlatimiz tomonidan qurib foydalanishga topshirilgan. Davlat arxivining fondlar xajmi bugungi kun holatiga jami 575 ta, ya’ni 76 963 ta saqlov birligini tashkil qiladi.