"O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sh. Sadikov Andijon viloyati Asaka tumani davlat arxivida bo‘ldi.
"O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sh. Sadikov Andijon viloyati Asaka tumani davlat arxivida bo‘ldi.
Sh. Sadikov arxiv ish jarayoni bilan tanishib, xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishdi va arxiv xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.
Ma'lumot uchun: Asaka tuman davlat arxivi Xalq deputatlari Andijon oblast Soveti ijroiya komitetining 1978-yil 1-sentabr kungi № 583-r son farmoyishiga asosan tashkil topgan. 1978-1980-yil yakuniga qadar Asaka va Marhamat tumanlariga tegishli bo‘lgan 140 fonddagi hujjatlar davlat arxiviga qabul qilingan. Arxiv muassasasi fondi 212 tani tashkil etib, ushbu fondlarda 44 610 ta hujjat saqlanib kelinmoqda. Hujjatlarni boshlanish sanasi 1978-yildan 2019-yilga qadar. Asaka tuman davlat arxivi tuman ahoilsiga 9 nafar xodim bilan xizmat ko‘rsatib kelmoqda.