"O‘zarxiv" agentligi direktori o‘rinbosari Sh.Sadikov Assotsiatsiyaning navbatdagi yig‘ilishida onlayn shaklda ishtirok etdi.

Joriy yil 23 iyun kuni Rossiya Fanlar akademiyasi Umumiy tarix institutining tashkilotchiligida MDH Ijroiya qo‘mitasining MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining 2021 yil 14 oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “MDH ishtirokchi-davlatlari tarixchilari va arxivchilari xalqaro assotsiatsiyasi (komissiyasi) to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq, Assotsiatsiya rasmiy a’zosi sifatida “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sh.Sadikov Assotsiatsiyaning navbatdagi yig‘ilishida onlayn shaklda ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Sh.Sadikov “O‘zarxiv” agentligi tomonidan 2021 yil yakuni va 2022 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va loyihalar to‘g‘risida ma’ruza qildi hamda yig‘ilish kun tartibida ko‘tarilgan masalalar, xususan, Assotsiatsiyaning xalqaro ilmiy konferensiyasini o‘tkazish, yosh tarixchi-olimlarining xalqaro yozgi maktabini yaratish, Ikkinchi jahon urushi mavzusiga oid hamkorlikda qo‘shma o‘quv qo‘llanmani tayyorlash yuzasidan o‘zaro fikrlar almashildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati