“O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sh.Sadikov Jizzax viloyati Baxmal tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sherzod Sadikov Jizzax viloyati Baxmal tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarga to‘liq javob berildi. Har bir masala atroflicha o‘rganib chiqildi va fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatilib, bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.