"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI O‘RINBOSARI X.ISAEV Samarqand viloyatiga xizmat safari doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ma'lumot uchun: Kattaqo‘rg‘on shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar ijroiya komitetining 1976 yil  13 yanvardagi № 1/7–sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Kattaqo‘rg‘on shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi saqlovida 115 ta fond 42576 ta saqlov birligidagi shaxsiy tarkib hujjatlari saqlanib, shundan: 61 tasi xozirgi kunga kelib faoliyati tugatilgan tashkilot korxona va muassasalarning 25856 ta hamda 54 ta faoliyat ko‘rsatayotgan subektlarning 16720 ta shaxsiy tarkibga oid hujjatlari saqlanib kelinmoqda.
Xizmat safari davomida “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari X.Isaev arxivchi yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazdi.    
Bugun Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar davlat arxivida tashkil etilgan Ma'naviyat va Ma'rifat xonasida Kattaqo‘rg‘on shahar davlat arxivi hamda Kattaqo‘rg‘on shahar, Kattaqo‘rg‘on tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari yosh xodimlari bilan  "O‘zarxiv" agentligi direktori o‘rinbosari Xusan Nurullaevich davra suhbati o‘tkazdi. 
Suhbat davomida yosh arxivchi xodimlarni muammo va takliflari tinglanib kerakli maslahatlar va tushunchalar berib o‘tildi.
Bugungi kunda yoshlarga bo‘lgan e'tibor, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida alohida  tuxtalib, mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida yoshlarni o‘rni va ahamiyati qanchalik muhim ekanligi haqida  gapirib, yoshlarga katta ishonch bildirib, arxivchi yoshlarga kelgusi  ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги матбуот хизмати.