"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI QAShQADARYODA SAYYOR QABUL O‘TKAZADI

Joriy yil 31 may kuni soat 14.00 da  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan 2021 yil 15 yanvardagi 08/1-2648-son bilan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2021 yilning  I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Qashqadaryo viloyati Kitob tumani davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazadi.
Manzil: Kitob t. Katta yo‘l ko‘chasi 41-uy


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати