2020 yilning 15 dekabr kuni Qatag‘on qurbonlarini aniqlash, ularning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish ishlarini tashkil etish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi a’zosi va aynan Navoiy viloyatiga biriktirilgan vakil, O‘zbekiston Respublikasi “Uzarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Navoiy viloyati ishchi guruhi a’zolari hamda ilmiy-ishchi guruh xodimlari bilan uchrashib, farmoyish yuzasidan viloyatda olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish jarayonida ishtirok etdi. Ma’lumot uchun: 2020 yilning 10 oktyabrdan hozirga qadar Navoiy viloyatidan 1937-1938 yillarda qatag‘on qilingan quyidagi miqdorda yurtdoshlar aniqlandi: 1. Karmana tumanidan – 77 nafar , Qiziltepa tumanidan - 68 nafar 2. Konimex tuanidan – 20 nafar, Nurota tumanidan – 20 nafar 3. Xatirchi tumanidan – 34 nafar, Jami: 269 nafar qatag‘on qilingan Navoiyliklar aniqlandi va davom etmoqda. Hozirda, ilmiy-ishchi guruhning ikkinchi bosqichda, ya’ni 1931-1936 yillar bo‘yicha ishlamoqda. Ishchi guruh bevosita O‘zarxiv agentligi, uning Navoiy viloyati boshqarmasi hamda tuman davlat arxivlari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Hozirga qadar 1937-1938 yillar “Qatag‘on qurbonlari” haqidagi kitob yakunlanib, respublika ishchi guruhiga topshirilgan. Endilikda 1931-1936 yillar ustida ishlanyapti. Xatirchi, Nurota, Karmana, Qiziltepa, Konimex tuman davlat arxivlaridagi hujjatlar o‘rganilmoqda. Shu kunga qadar Xatirchi tumanidan – 300 dan ortiq quloq xo‘jaliklar aniqlandi. O‘rganish davom etmoqda, (taxminimiz 800 ga yaqin) Nurota tumanidan – 300 dan ortiq quloq xo‘jaliklari aniqlandi. (jumladan, bu davrga oid 15 ta yig‘ma jild tahlil qilinmoqda.). Karmana tumanidan – 300 dan ortiq taxmin qilinmoqda (18 ta jild o‘rganilmoqda, 150 tasi ro‘yxatga olindi). Qiziltepa va Konimex arxivlaridan ma’lumotlar olinmoqda. Umuman 1930-1936 yillarda Navoiy viloyatidagi tumanlarda 1500 dan ortiq quloq xo‘jaliklarini aniqlash taxmin qilinmoqda. Prezident Farmoyishi yuzasidan ilmiy-ishchi guruh tomonidan viloyat miqyosida “Inson-aziz_xotira-muqaddas” telegram bot kanali ishga tushirildi. Hozirda 390 nafardan yurtdoshimiz a’zo bo‘lib, qatag‘onlik siyosatiga oid ma’lumotlarni yo‘llamoqdalar. Aynan Farmoyish ijrosi yuzasidan 2 ta ko‘rsatuv suratga olindi “O‘zbekiston-24” telekanali orqali namoyish etildi. Xizmat safari davom etadi...
"Yagona va Ishonch telefoni" xizmatidan qoniqdingizmi?
Notes to administration (optional):