"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI AMUDARYO DAVLAT ARXIVIDA

Joriy yil 21 sentyabr kuni "O‘zarxiv" agentligi direktorining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari boshlandi.
Safarning birinchi kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amyodaryo davlat arxiviga tashrif buyurildi. Bu davlat arxivida yaratilgan shart-sharoitlar, rahbar-xodimlarning my.archive.uz tizimidan foydalanish ko‘nikmalari, mavjud muammolar o‘rganildi. Arxiv xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Ma’lumot uchun: 2018 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida 2016 yilda tuman davlat arxivi idorasiga ajratilgan qarovsiz yotgan bino qisqa fursat ichida zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgan.Tuman davlat arxivi uchun ajratilgan bino 466 million so‘m byudjet mablag‘i hamda 104 million so‘m muassasaning o‘z mablag‘i hisobidan ta’mirlanib, rekonstruksiya qilingan.Binoda arxiv fondini saqlash va fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar mavjud. Aholiga sifatli arxiv xizmati ko‘rsatib kelinmoqda.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати