"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI AMUDARYO TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI
Joriy yil 4 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2021 yilning II yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Qoraqapog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.
Murojaatlari o‘z joyida hal etildi va ba’zi jismoniy shaxslarga huquqiy maslahat berildi.
Ma’lumot uchun:Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tuman davlat arxivi 2006-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi filiali sifatida tashkil etilgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2012-yil 1-avgustdagi 223-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.