"O‘ZARXIV" AGЕNTLIGI DIRЕKTORI SAMARQAND VILOYATI URGUT TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

Joriy yil 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2021 yilning  II yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli  jadvali”ga muvofiq   “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Samarqand viloyati Urgut  tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.
Murojaatlari o‘z joyida hal etildi va ba’zi jismoniy shaxslarga huquqiy maslahat berildi.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati