“Oʻzarxiv” agentligi direktori U. Yusupov Samarqand viloyati Oqdaryo, Ishtixon, Payariq tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari hamda Samarqand viloyat davlat arxiviga tashrif buyurdi.







Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Samarqand viloyatidagi sayyor qabuli doirasida Oqdaryo, Ishtixon, Payariq tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari hamda Samarqand viloyat davlat arxiviga tashrif buyurdi.

U.Yusupov tuman arxivlari ish jarayonlari bilan tanishib, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni saqlanish holati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar,  koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishdi, hamda agentlik tomonidan joriy etilgan e.archive.uz elektron tizimiga viloyat davlat arxivi xodimlari tomonidan raqamlashtirilayotgan arxiv hujjatlarini  kiritish jarayonlari, mavjud muammolar yuzasidan amaliy tavsiya va takliflar berildi.

Malumot uchun: Oqdaryo tuman shaxsiy tarkib hujjatlar davlat arxivi 2005-yilda tashkil etilgan bo'lib hozirgi vaqtda arxivda 1935-yildan 2022-yilgacha bo'lgan 22880 saqlov birligidagi shaxsiy tarkibga oid hujjatlar saqlanib kelinmoqda.

Ishtixon tuman shaxsiy tarkib hujjatlar davlat arxivi 2005 yilda tashkil etilgan bo'lib, hozirgi vaqtda arxivda1944 yildan  2020 yilgacha bo'lgan 25375 saqlov birligidagi shaxsiy tarkibga oid hujjatlar saqlanib kelinmoqda.

Payariq tuman shaxsiy tarkib hujjatlar davlat arxivi 1975-yilda tashkil etilgan bo'lib, hozirgi vaqtda arxivda 1936-yildan 2021-yilgacha bo'lgan 37659 saqlov birligidagi shaxsiy tarkibga oid hujjatlar saqlanib kelinmoqda.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati