"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI ULUG‘BEK MIRTALIBOVICh YUSUPOV BUXORO ARXIVChI YOShLARI BILAN OChIQ MULOQOT QILDI

Bugun 17 avgust kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Mirtalibovich Yusupov Buxoro viloyati arxiv ishi boshqarmasi tizimidagi arxivchi yoshlar bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda tizimdagi arxivchi yoshlar bilan sohaga doir yangiliklar, takliflar, muammolar hususida qiziqarli mazmunda suhbat tashkil etildi. Uchrashuv jarayonida yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollari, takliflari bilan chiqishdi.
Arxivchi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan har xil sport musobaqalari, ijtimoiy tadbirlarni yanada ko‘proq tashkil etish va ularni mazmun jihatdan boyitib borish to‘g‘risida fikr va takliflar bildirildi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati