“O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov boshchiligidagi delegatsiya II ARXIVCHILAR XALQARO KONGRESSI da ishtirok etdi.




















































“O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov boshchiligidagi delegatsiya II ARXIVCHILAR XALQARO KONGRESSI da ishtirok etdi.

Ushbu kongressda 20 dan ortiq davlatlardan xalqaro ekspertlar, arxiv sohasi rahbarlari ishtirok etdi.

“O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan II ARXIVCHILAR XALQARO KONGRESSI da "O‘zbekistonda arxiv ishi hamda raqamlashtirish holati, joriy etilgan axborot tizimlari" mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

II ARXIVCHILAR XALQARO KONGRESSI doirasida "Do‘stlik uyi" da ko‘rgazma tashkil qilindi. Ko‘rgazmada arxiv ishiga doir bo‘lgan bir qancha qurilmalar, zamonaviy skaner uskunalari, o‘t o‘chirish vositalari va saqlovxona jihozlari bilan tanishtirildi.

Ko‘rgazmadan so‘ng o‘tkazilgan “MAʼLUMOTLARNI BOSHQARISH TIZIMLARI” nomli davra suhbatida “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev "Internet orqali arxivlar" mavzusida taqdimot o‘tkazdi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati