“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Buxoro viloyat davlat arxivi, Buxoro, Qorovulbozor, Qorako‘l, Olot tuman davlat arxivlari hamda Kogon shahar davlat arxivida bo‘ldi.






















































































“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Buxoro viloyatidagi xizmat safari doirasida Buxoro viloyat davlat arxivi, Buxoro, Qorovulbozor, Qorako‘l, Olot tuman davlat arxivlari hamda Kogon shahar davlat arxivi ish jarayoni bilan tanishdi.

U. Yusupov arxiv ish jarayoni, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni saqlanish holati, raqamlashtirish jarayonlari, yig‘majildlarni umumiy holatlari, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 32 yilligi munosabati bilan taqdirlangan arxiv xodimasiga “O‘zarxiv” agentligi direktori “Tashakkurnomasi” tantanali ravishda topshirildi, hamda xodimlari bilan faoliyatdagi muammo va yutuqlar borasida suhbat qurildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati