“O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Farg‘ona viloyatidagi arxiv muassasalari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi.

“O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Farg‘ona viloyatidagi arxiv muassasalari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi.

Ushbu yig'ilishda 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yildagi ustuvor vazifalar bo'yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Arxiv muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi hamda arxiv muassasalarida ijro intizomi holati, uni mustahkamlash, bu borada rahbarlar masʼuliyatini kuchaytirish bo‘yicha masalalar tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati