“O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Farg‘ona viloyatidagi xizmat safari doirasida davlat arxivlarida bo‘ldi.



































































“O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Farg‘ona viloyatidagi xizmat safari doirasida Farg‘ona viloyat, Furqat tuman, Bag‘dod tuman, Rishton tuman, Oltiariq tuman, Quva tuman, Qo‘qon shahar, Marg‘ilon shahar davlat arxivlarida hamda O‘zbekiston tuman, Buvayda tuman, Quvasoy shahar, Farg‘ona tuman, Marg‘ilon shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida bo‘ldi.

U.Yusupov arxiv ish jarayoni bilan tanishib, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni saqlanish holati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishib, arxiv xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Maʼlumot uchun: O‘zbekiston tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida 04.01.2024-yil holatiga 243 ta fond, jami 17860 saqlov birligida. doimiy 1675 saqlov birligida, shaxsiy tarkib 16185 ta saqlov birligida mavjud. Shundan 12 ta doimiy fondga tegishli bo‘lgan. 231 ta shaxsiy tarkib hujjatlariga fondiga tegishli.

Maʼlumot uchun: Furqat tumani davlat arxivida 04.01.2024-yil holatiga 630 ta fond jami 32371 saqlov birligidagi doimiy, shaxsiy tarkib va saqlov muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar mavjud. Shundan 349 ta fondga tegishli bo‘lgan jami 7003 saqlov birligidagi doimiy hujjatlar va 281 ta fondga tegishli bo‘lgan jami 25368 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib va saqlash muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi.

Maʼlumot uchun: Qo‘qon shahar davlat arxivida 04.01.2024-yil holatiga 462 ta fond jami 60618 saqlov birligidagi doimiy, shaxsiy tarkib, shaxsiy kelib chiqish va saqlov muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar mavjud. Shundan 55 ta fondga tegishli jami 23650 saqlov birligidagi doimiy hujjatlar va 407 ta fondga tegishli bo‘lgan jami 34222 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib, shaxsiy kelib chiqish hujjati 1 ta saqlov birligi, foto hujjatlar 2745 ta hisob birligi va saqlash muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar, hisoblanadi.

Maʼlumot uchun: Buvayda tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida 04.01.2024-yil holatiga 199 ta fondda jami 7074 ta saqlov birligidagi doimiy shaxsiy tarkib va saqlov muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar mavjud.Shundan 102 ta fondga tegishli jami 2120 saqlov birligidagi doimiy hujjatlar va 97 ta fondga tegishli bo‘lgan jami shaxsiy tarkib oid hujjatlari 1546 ta saqlov birligida, vaqtincha saqlovga oid hujjatlar 3408 saqlov birligidagi saqlanib kelinmoqda.

Maʼlumot uchun: Bag‘dod tuman davlat arxivida 04.01.2024-yil holatiga 326 ta fond jami 11010 saqlov birligidagi doimiy shaxsiy tarkib va saqlov muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar mavjud. Shundan 152 ta fondga tegishli yer ajratilganligiga oid jami 6064 saqlov birligidagi doimiy hujjatlar va 174 ta fondga tegishli bo‘lgan jami 4946 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib va saqlash muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi.

Maʼlumot uchun: Rishton tuman davlat arxivida 04.01.2024-yil holatiga 772 ta fond bo‘lib jami: 19166 ta saqlov birligi doimiy, shaxsiy tarkib, vaqtincha hujjatlar bor. Shundan 25 ta fondga tegishli doimiy hujjatlar jami 5335 ta, 747 ta fondga tegishli shaxsiy tarkib va saqlash muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar jami 13831 tani tashkil qiladi.

Maʼlumot uchun: Oltiariq tumani davlat arxivida 04.01.2024-yil holatiga 370 ta fond jami 56297 saqlov birligidagi doimiy, shaxsiy tarkib va saqlov muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar mavjud. Shundan 83 ta fondga tegishli jami 3643 ta saqlov birligidagi doimiy hujjatlar va 257 ta fondga tegishli bo‘lgan jami 52654 ta saqlov birligidagi shaxsiy tarkib va saqlash muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi.

Maʼlumot uchun: Farg‘ona viloyat davlat arxivida 04.01.2024-yil holatiga 2840 ta fond jami 383536 saqlov birligidagi doimiy, 15496 saqlov birligida shaxsiy tarkib hamda 2130 ta saqlov birligida shaxsiy kelib chiqish hujjatlari mavjud. Shundan 41 ta fondga tegishli yer ajratilganligiga oid jami 771 ta saqlov birligidagi doimiy hujjatlar va 37 ta fondga tegishli bo‘lgan 15496 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib va 18 ta fondga tegishli 2130 saqlov birligidagi shaxsiy kelib chiqish hujjatlari hisoblanadi.

Maʼlumot uchun: Quva tuman davlat arxivida 04.01.2024-yil holatiga 458 ta fond jami 28441 saqlov birligidagi doimiy,shaxsiy tarkib va saqlov muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar mavjud.Shundan 4 ta fondga tegishli yer ajratilganligiga va jinoyat ishlariga oid jami 5425 saqlov birligidagi doimiy hujjatlar va 454 ta fondga tegishli bo‘lgan jami 23016 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib va saqlash muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi.

Maʼlumot uchun: Quvasoy shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida 04.07.2024-yil holatiga 151 ta fond jami 27485 saqlov birligidagi doimiy, shaxsiy tarkib va saqlov muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar mavjud. Shundan 32 ta fondga tegishli jami 5459 saqlov birligidagi doimiy hujjatlar va 119 ta fondga tegishli bo‘lgan jami 22027 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib va saqlash muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi.

Maʼlumot uchun: Farg‘ona tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida 04.01.2024-yil holatiga 84ta fond jami 21327 saqlov birligidagi doimiy, shaxsiy tarkib va saqlov muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar mavjud. Shundan 7 ta fondga tegishli jami 301 saqlov birligidagi doimiy hujjatlar va 77 ta fondga tegishli bo‘lgan jami 21026 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib va saqlash muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi.

Maʼlumot uchun: Marg‘ilon shahar davlat arxivida 04.01.2024-yil holatiga 624 ta fond jami 91365 saqlov birligidagi doimiy, shaxsiy tarkib va saqlov muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar mavjud. Shundan 291 ta fondga tegishli jami 37856 saqlov birligidagi doimiy hujjatlar va 333 ta fondga tegishli bo‘lgan jami 53509 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib va saqlash muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati