«O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Farg‘ona viloyatidagi xizmat safari doirasida fuqarolarga arxiv davlat xizmatlari ko‘rsatdi
«O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov fuqarolarga arxiv davlat xizmatlari ko‘rsatdi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Farg‘ona viloyatidagi xizmat safari doirasida Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi, Quva tumani Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida arxiv davlat xizmatlari ko‘rsatdi.
Shuningdek, markazga kelgan fuqarolarning murojaatlarini tinglab, ularga davlat xizmatlarini ham ko‘rsatdi. O‘zaro muloqotlar chog‘ida fuqarolar va tadbirkorlarning arxiv davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yana-da oshirish bo‘yicha taklif va mulohazalarini o‘rgandi.