“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Jizzax viloyatidagi xizmat safari doirasida Mirzacho‘l, Arnasoy, Zafarobod, Paxtakor, Zarbdor, Zomin tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida hamda Do‘stlik, Sharof Rashidov tuman davlat arxivlarida bo'ldi.



















































 

“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Jizzax viloyatidagi xizmat safari doirasida Mirzacho‘l, Arnasoy, Zafarobod, Paxtakor, Zarbdor, Zomin tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida hamda Do‘stlik, Sharof Rashidov tuman davlat arxivlarida bo'ldi.

Arxivlarda “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov arxiv ish jarayoni bilan tanishib, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni raqamlashtirish jarayonlari, xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, kartonlashtirish jarayonlari hamda koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishib, arxiv xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Ma'lumot uchun: Mirzacho‘l tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.04.2012-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida” gi №101-sonli Qarorining 3-ilovasi “Arxivlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq va Jizzax viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining 15.02.2006-yildagi № 01-/23 sonli xatiga ko‘ra Mirzacho‘l tumani hokimining 22.02.2006-yildagi № 44 sonli Qaroriga asosan Mirzacho‘l tuman nodavlat arxivi o‘z faoliyatini boshlagan. Mirzacho‘l tuman nodavlat arxivi faoliyati tashkil etilayotganda Mirzacho‘l tuman Abay QFYning idora binosidan 3 ta xona arxiv faoliyatini yuritilishi va vaqtincha foydalanishi uchun beg‘araz ajratib berilgan, hozirgi kunda Mirzacho‘l tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi binosida faoliyat olib bormoqda.

Ma'lumot uchun: Do‘stlik tuman davlat arxiviga Do‘stlik tuman hokimining 2009-yil 2-fevraldagi 46-son qaroriga asosan Davlat arxiviga Do‘stlik shahri markazidan bino ajratilgan va arxiv balansiga o‘tkazilgan. Arxiv binosida 7 hujjatxona, 1 ta o‘quv zali, korxona va tashkilotlardan topshirilayotgan hujjatlarga ilmiy-texnikaviy ishlov berish xonasi, xodimlarning ish xonalari mavjud. Arxivda 1927-yildan boshlab 2019-yilgacha hujjatlar saqlovga qabul qilingan, 385 ta fond mavjud bo‘lib, bu fondlar ichida 76028 ta hujjatlar saqlanib kelinmoqda.

Ma'lumot uchun: Zafarobod tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi yangi binoga 2024-yil mart oyida ko'chib kirdi.

Ma'lumot uchun: Sharof Rashidov tuman davlat arxivi Jizzax viloyat mehnatkash deputatlar ijroiya qo‘mitasi kengashining 1974-yil Jizzax viloyat arxiv bo‘limiga qarashli Jizzax viloyat davlat arxivi Jizzax filiali sifatida faoliyatini boshlagan. Hozirgi kunda arxivda 11 (o‘n bitta) Shtat birligi mavjud. Arxivda 1927-yildan boshlab 2015-yilgacha bo‘lgan hujjatlar saqlovga qabul qilingan, hamda 611 ta fond mavjud bo‘lib, bu fondlar ichida 77950 ta hujjatlar saqlanib kelinmoqda.

Ma'lumot uchun: Zarbdor tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi 2015-yil 27-iyulda tashkil etilgan. Jamlash manbalarida jami 300 ta fond, 5610 ta saqlov birligidagi hujjatlari mavjud. Saqlovdagi hujjatlar boshlanish yili 1939-yildan 2018-yilgacha bo‘lgan davr shaxsiy tarkib hujjatlari qabul qilingan.

Ma'lumot uchun: Zomin tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi faoliyati davomida 2013-yilda 86 fond 2584 hujjat, 2014-yilda 56 fond 1691 hujjat, 2015-yilda 62 fond 2218 hujjat, 2016-yilda 25 fond 380 hujjat, 2017-yilda 38 fond 178 hujjat, 2018-yilda 48 fond 238 hujjat, 2019-yilda 42 fond 259 hujjat, 2020-yil 12 oy mobaynida 43 fonddan 383 saqlov birligi jami 7931ta  shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni qabul qilishga erishgan.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati