“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Namangan viloyatidagi arxivlar ish faoliyati bilan tanishdi.
“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Namangan viloyatidagi arxivlar ish faoliyati bilan tanishdi.
“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Namangan viloyatidagi xizmat safari doirasida Uychi, Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon, Chust, Mingbuloq tuman davlat arxivlari hamda Uychi, Chust, Pop tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida bo'ldi.
U.Yusupov arxivlar ish jarayoni bilan tanishib, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni saqlanish holati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishib, arxiv xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.
Ma'lumot uchun: Uychi tuman davlat arxivi O‘zbekiston SSR Ministrlar sovetining 1969 yil 10 martdagi № 283 sonli qarori, Namangan oblast Soveti ijroiya komitetining 1969 yil 4 apreldagi 174 sonli qarori, Namangan oblast davlat arxivining 1969 yil 8 sentabrdagi 40-sonli buyrug‘iga asosan Uychi tuman davlat arxivi filiali tashkil topgan.
Xalq deputatlari Uychi rayon Soveti ijroiya komitetining 1975 yil 17 martdagi № 43/5 sonli qaroriga asosan rayon arxiv bo‘limiga yangi tipdagi bino qurilish o‘rniga yer ajratilgan.
Uychi tuman davlat arxivining 2020 yil uchun asosiy jamlash manbalari 34 ta, qo‘shimcha 11 ta jamlash manbalari mavjud.
Uychi tuman davlat arxivida jami 01.01.2024 yil hujjatlar 184 ta fond bo‘lib hujjatlar soni 39050 S/b ni, shundan boshqaruv hujjatlari 33625 S/b ni, shaxsiy kelib chiqish hujjatlari 9 ta fondda 121 ta hujjatlari, shaxsiy tarkib oid 5425 ta S/bni, MAF (milliy arxiv fondida)da 166 S/b ni Alohida qimmatli hujjatlar tashkil qiladi.
Ma'lumot uchun: Uychi rayon Ijroiya komiteti shaxsiy sostav arxivi Uychi Rayijrokomning 1975 yil 28 mart kunidagi № 69/6 –sonli qaroriga asosan “ Ijroiya komiteti shaxsiy sostav arxivi “ nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, u Uychi rayon Namangan oblast Davlat arxivi Uychi filiali fondidagi shaxsiy tarkib hujjatlari asosida tashkil topgan.
Uychi tuman hokimining 2000 yil 25 iyuldagi № 314-sonli qaroriga asosan Uychi tuman hokimligi huzuridagi xo‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib arxivi deb yuritilgan Uychi tuman hokimining 2007 yil 24 oktabrdagi № 398- sonli qaroriga asosan Uychi tuman Idoralararo shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar arxiviga o‘zgartirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5834-son farmoni, Uychi tuman hokimining 24 fevral 2020 yildagi № 103-sonli qarori bilan Uychi tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi tashkil etildi.
Uychi tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi saqlovida mavjud 131 ta fond 36300 ta saqlov birligidagi shaxsiy tarkib hujjatlari saqlanib kelmoqda.
Maʼlumot uchun: Namangan viloyat arxiv ishi boshqarmasi Kosonsoy tuman davlat arxivi 28.04.1981 yil Xalq Deputatlari Kosonsoy rayon Soveti ijroiya komiteti qoshida Kosonsoy tumanida Xo‘jalik hisobidagi arxivni tashkil etish to‘g‘risidagi Ijroiya komitetining 140/8 – sonli qarori chiqarildi.
Kosonsoy tuman Hokimligi qoshidagi Kosonsoy shaxsiy tarkib arxivi uchun moslashtirilgan bino ajratilishi haqidagi Kosonsoy tuman Hokimining 25.03.1998 yildagi 03/111 – sonli qaroriga asosan sig‘imdorligi jihatidan 100 000 s.b.ga yaqin hujjat joylashtiriladigan bino arxiv balansiga o‘tkazib berildi.
Kosonsoy tuman davlat arxivi jamlash manbalari ro‘yxat bo‘yicha 60 ta tashkilot kiritilgan.
Kosonsoy tuman davlat arxivida jami 128 ta fond 1921–2020 yillarga oid
63544 dona saqlov birligida hujjatlar mavjud. Shundan 32285 saqlov birligida boshqaruv hujjatlari, 31285 ta saqlov birligida shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni tashkil etadi.
Maʼlumot uchun: Namangan viloyat arxiv ishi boshqarmasi Mingbuloq tuman davlat arxivi 1953 yil 12 yanvarda Namangan oblast ijroiya komiteti mehnatkash deputatlar kengashining №23-sonli qarori bilan Zadaryo rayonida davlat arxivi tashkil etildi.
Davlat arxiviga 2 ta xona 1 ta saqlovxona hamda 1 ta ishchi xonalari ajratib berilgan. Arxivda 1 ta xodim ishlagan.
Ismoilova Onaxon 1981-1996 yillar bu davrlarda arxiv Hokimlik huzuridagi shaxsiy tarkib arxivi yuritgan, Uning harakati bilan 1992 yilda maxsus loyiha asosida barcha sharoitlarga ega 2 qavatli 100 000 (Yuz ming) ta saqlov birligi sig‘imdorli uchun arxiv binosi qurib bitkazilib foydalanishga topshirildi.
Hozirgi kunda tuman davlat arxivida jami 226 ta fondda 70094 ta S/b dagi MAF tarkibiga kiritilgan hujjatlar saqlanib kelinmoqda. Shundan 33418 ta boshqaruv hujjatlari, 36676 ta shaxsiy tarkib hujjatlari hisoblanadi. Alohida qimmatli hujjatlarning soni 101 ta saqlov birligini tashkil qiladi.
Davlat arxivida 38 ta tashkilot asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritilgan
Maʼlumot uchun: To‘raqo‘rg‘on tuman davlat arxivi Xalq deputatlari Namangan oblast soveti ijroiya komitetining 1971 yil 19 may kungi № 219-R farmoyishi va To‘raqo‘rg‘on rayon ijroiya komitetining 1971 yil 29 iyuldagi 193/14-sonli qaroriga asosan tashkil topgan.
To‘raqo‘rg‘on tuman davlat arxivi To‘raqo‘rg‘on tuman hamda Namangan tumanlariga taalluqli bo‘lgan 420 ta fonddagi MAF tarkibiga kiritilgan hujjatlarni qabul qiladi
Hozirgi kunda tuman davlat arxivida jami 100206 ta S/b dagi MAF tarkibiga kiritilgan hujjatlar saqlanib kelinmoqda. Shundan 80105 tasi boshqaruv hujjatlari, 20101 tasi shaxsiy tarkib hujjatlari hisoblanadi. Alohida qimmatli hujjatlarning soni 520 ta saqlov birligini tashkil etadi.
Maʼlumot uchun: Chust tuman davlat arxivi 1962 yil 4 iyulda Andijon viloyat hokimining № 317/13-sonli qarori asosida tashkil qilingan bo‘lib, 3 ta shtat asosida xodimlar ishlagan.
Chust tuman davlat arxiviga tegishli bo‘lgan bino yo‘l kengayishga tushib qolganligi sababli 2015 yili Chust tuman hokimining 14.12.2015 yildagi №121-Farmoyishiga asosan Chust shahar Xo‘jaobod MFY Oxunboboyev ko‘cha 11-uydagi, Tuman xalq taʼlimiga qarashli bo‘lgan bo‘sh turgan binoga ko‘chirilgan.
Chust tuman davlat arxivi jamlash manbalari ro‘yxat bo‘yicha 60 ta tashkilot kiritilgan.
Hozirgi kunda tuman davlat arxivida jami 410 ta fondda 136437 ta S/b dagi MAF tarkibiga kiritilgan hujjatlar saqlanib kelinmoqda. Shundan 135546 tasi boshqaruv hujjatlari, 891 tasi shaxsiy tarkib hujjatlari hisoblanadi.