«O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Namangan viloyatidagi Yosh arxivchi xodimlar bilan uchrashdi.





















































«O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Namangan viloyatidagi Yosh arxivchi xodimlar bilan uchrashdi.

«O‘zarxiv» agentligi rahbariyati tomonidan 2024-yil I-yarim yilligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullari doirasida hududlarda sohada faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar bilan “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqotlarni tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, mazkur sayyor qabullar doirasida  Namangan viloyatida faoliyat olib borayotgan yosh arxivchilar bilan uchrashuv tashkil etildi, Uchrashuv davomida yoshlar bilan sohaga doir yangiliklar, takliflar, muammolar taqdimot ko‘rinishida  qiziqarli mazmunda tashkil etildi. Namangan viloyat davlat arxivi fond saqlovchisi Mirzaabdullayeva Moxida  tomonidan “Arxiv o‘quv zallarida zamonaviy texnologiyalarni  qo‘llash elektron o‘quv zallarini tashkil etish” mavzusida,  Siddiqov Islomjon tomonidan “Zamonaviy texnologiyalar  asosida hujjatlar saqlovini taʼminlash” mavzusida slaydlar namoyish etishdi va boshqarma qoshida tashkil etilgan yosh arxivchilar ilmiy tadqiqot markazi faoliyati va maqsadi bilan tanishtirildi.  Uchrashuv jarayonida yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollari, takliflari bilan chiqishdi. Shuningdek yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan  ijtimoiy tadbirlarni yana-da ko‘proq tashkil etilishi va ularni mazmun jihatdan boyitib borish to‘g‘risida fikr va takliflar bildirildi. Uchrashuv yakunida «O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov yoshlarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

Bunday ishlar boshqa hududlarda ham doimiy va tizimli olib boriladi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati