“Oʻzarxiv” agentligi direktori Navoiy viloyat davlat arxivi, Karmana, Tomdi, Konimex tumani, Zarafshon shahar davlat arxivlari, Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi huzuridagi FHDYO hamda Notarial arxivlari, Navbahor tumani va Navoiy shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida boʻldi.





















































Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Navoiy viloyatidagi xizmat safari doirasida Navoiy viloyat davlat arxivi, Karmana, Tomdi, Konimex tumani davlat arxivlari, Zarafshon shahar davlat arxivi, Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi huzuridagi FHDYO hamda Notarial arxivlari, Navbahor tumani va Navoiy shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida boʻldi.

“Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov arxiv ish jarayoni bilan tanishib, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni raqamlashtirish jarayonlari, xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, kartonlashtirish jarayonlari hamda koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishib, arxiv xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Ma'lumot uchun: Karmana tumani davlat arxivi 1995-yilda Navoiy viloyati davlat arxivining Navoiy tumani filiali bo‘lib o‘z faoliyatini boshlagan. 2003-yilda Navoiy tumani negizida Karmana tumani tashkil etilishi munosabati bilan Navoiy viloyati davlat arxivining Karmana tumani davlat arxivi filiali nomi bilan faoliyat yuritgan va 2012-yilda davlat arxivi sifatida qayta tashkil etilgan. Arxiv saqlovida jami 464 ta fondda 30 399 saqlov birligiga ega hujjatlar mavjud. 2023-yildan Karmana tumani davlat arxivi tuman adliya bo‘limi balansidagi binoda ijarada faoliyat yuritmoqda.

Ma'lumot uchun: Navoiy viloyati davlat arxivi 1982-yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Arxiv saqlovida jami 795 ta fondda 66 447 saqlov birligiga ega hujjatlar mavjud. 2022-yilda davlat arxivi binosi kapital ta’mirlanib zamonaviy qiyofa kasb etgan. Doimiy ravishda arxiv fondiga viloyat korxona, muassasa va tashkilotlarining idoraviy saqlov muddati o‘tgan arxiv hujjatlarini qabul qilish ishlari olib borilmoqda va arxiv fondi MAF hujjatlari bilan boyitilmoqda.

Ma'lumot uchun: Konimex tumani davlat arxivi 1982-yilda Navoiy viloyati davlat arxivining Konimex tumani filiali bo‘lib o‘z faoliyatini boshlagan. 2012-yilda davlat arxivi sifatida qayta tashkil etilgan. Arxiv saqlovida jami 227 ta fondda 20 851 saqlov birligida hujjatlar mavjud. 2023-yildan Doimiy ravishda arxiv fondiga viloyat korxona, muassasa va tashkilotlarining idoraviy saqlov muddati o‘tgan arxiv hujjatlarini qabul qilish ishlari olib borilmoqda va arxiv fondi MAF hujjatlari bilan boyitilmoqda.

Ma'lumot uchun: Tomdi tumani davlat arxivi 1992-yilda Navoiy viloyati davlat arxivining Tomdi tumani filiali bo‘lib o‘z faoliyatini boshlagan. 2012-yilda davlat arxivi sifatida qayta tashkil etilgan.

Ma'lumot uchun: Zarafshon shahar davlat arxivi 1988-yilda Navoiy viloyati davlat arxivining Zarafshon shahar filiali bo‘lib o‘z faoliyatini boshlagan. 2012-yilda davlat arxivi sifatida qayta tashkil etilgan. Arxiv saqlovida jami 156 ta fondda 17 311 saqlov birligida hujjatlar mavjud. 2022-yilda respublikada birinchilardan bo‘lib xususiy sherikchilik asosida 300 000 saqlov birligiga mo‘ljallangan davlat arxivi binosi qurib foydalanishga topshirildi. Arxiv saqlovida jami 149 ta fondda 20 841 saqlov birligida hujjatlar mavjud.

Ma'lumot uchun: Navoiy shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi 1994-yilda Navoiy shahar hokimligi huzuridagi idoralararo shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi bo‘lib o‘z faoliyatini boshlagan. 2020-yilda Navoiy shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi sifatida qayta tashkil etildi. Arxiv saqlovida jami 747 ta fondda 94 305 saqlov birligiga ega hujjatlar mavjud. 2021-yildan ishlab topilgan mablag‘lar hisobidan qurilgan binoda faoliyat yuritib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Navoiy viloyatidagi arxiv muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida sohaga doir yangiliklar, takliflar, muammolar hamda aholidan kelib tushadigan so‘rovlarni o‘z vaqtida sifatli ijrosini ta’minlash xususida suhbat tashkil etildi.

Shuningdek, tizimdagi mavjud muammolar, kamchiliklar, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli tavsiyalar muhokama qilindi.

 


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati