“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Navoiy viloyati Karmana tumani “Do‘rmon” mahalla fuqarolar yig‘inida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul o'tkazdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarga to‘liq javob berilib, har bir masala atroflicha o'rganib chiqildi. Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam koʻrsatilib, bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.