“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Navoiy viloyatidagi xizmat safari doirasida Navoiy viloyat davlat arxivlarida bo‘ldi
“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Navoiy viloyatidagi xizmat safari doirasida Navoiy viloyat davlat arxivlarida bo‘ldi
“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Navoiy viloyatidagi xizmat safari doirasida Navoiy viloyat, Xatirchi, Karmana, Qiziltepa, Nurota tumanlari davlat arxivlarida, Xatirchi tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida hamda Navoiy viloyati “O‘zbekiston” MFYdagi Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan kutubxonada bo‘ldi.
“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Navoiy viloyati Xatirchi tuman davlat arxivida tuman xokimi U.Adizov bilan uchrashdi hamda arxiv hujjatlarini saqlashdagi shart-sharoitlar boʻyicha muhokamalar oʻkazildi.
U.Yusupov arxivlarda arxiv ish jarayoni bilan tanishib, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni saqlanish holati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishib, arxiv xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.
Ma'lumot uchun: Xatirchi tuman davlat arxiviga 2024-yil boshidan jami 1323 ta ijtimoiy va huquqiy mazmundagi hamda mavzuli so‘rovlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 79 ta murojaat ish jarayonida va 1244 ta murojaat ijro etilgan. Hozirgi kunda Xatirchi tumani davlat arxivida 13 ta xodim faoliyat yuritadi. 2023-yildan doimiy ravishda arxiv fondiga tumandagi korxona, muassasa va tashkilotlarining idoraviy saqlov muddati o‘tgan arxiv hujjatlarini qabul qilish ishlari olib borilmoqda va arxiv fondi MAF hujjatlari bilan boyitilmoqda.
Ma'lumot uchun: Xatirchi tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi 1989-yil 23-mart kuni Xatirchi tuman ijroiya komitetining 24/7-qaroriga asosan tashkil etilgan. Arxiv saqlovida jami 150 ta fond bo‘lib 543 s.b doimiy 10235 s.b shaxsiy tarkib hujjatlarini tashkil etadi.
Ma'lumot uchun: Karmana tumani davlat arxivi 1995-yilda Navoiy viloyati davlat arxivining Navoiy tumani filiali bo‘lib o‘z faoliyatini boshlagan. 2003-yilda Navoiy tumani negizida Karmana tumani tashkil etilishi munosabati bilan Navoiy viloyati davlat arxivining Karmana tumani davlat arxivi filiali nomi bilan faoliyat yuritgan va 2012-yilda davlat arxivi sifatida qayta tashkil etilgan. Arxiv saqlovida jami 476 ta fondda 30 707 saqlov birligiga ega hujjatlar mavjud.