“O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Qashqadaryо viloyati Shaxrisabz tuman shasiy tarkib hujjatlar davlat arxivi hamda Shaxrisabz tuman davlat arxiviga tashrif buyurdi.

Shaxrisabz tuman shasiy tarkib hujjatlar davlat arxivi –  1986 yil dekabr oyida tashkil etilgan. Dastlab ushbu arxivda 10 ta jamg‘armada taxminan 100-150 saqlov birligida hujjatlar mavjud bo‘lgan. Hozirgi kunda 1926-2018 yillarni qamrab olgan 203 fondda 40314 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib hujjatlari saqlanmoqda
Shaxrisabz tuman davlat arxivi   - O’zbekiston SSR  Ministrlar  Sovetining 1943 yil 18 fevraldagi  145- sonli, Qashqadaryo oblast  ijroiya ko‘mitasining 1943 yil 22 may № 3-sonli qaroriga asosan Qashqadaryo oblast arxivi tashkil topgan.  Qashqadaryo oblast davlat arxivining  Shahrisabz bo‘linmasi  1944 yilda tashkil topgan. Hozirgi kunda Shahrisabz tuman davlat arxivida 672 ta fondda № 1-sondan № 678 songacha bo‘lgan 51789 yig‘majild mavjud.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati