“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Samarqand viloyat, Samarqand tuman, Bulung'ur tuman, Narpay tuman, Kattaqo‘rg‘on shahar, Pastdarg‘om tuman davlat arxivlari hamda Samarqand shahar, Jomboy tuman, Oqdaryo tuman, Ishtixon tuman, Kattaqo‘rg‘on shahar, Pastdarg‘om tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida boʻldi.
































































“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Samarqand viloyat, Samarqand tuman, Bulung'ur tuman, Narpay tuman, Kattaqo‘rg‘on shahar, Pastdarg‘om tuman davlat arxivlari hamda Samarqand shahar, Jomboy tuman, Oqdaryo tuman, Ishtixon tuman, Kattaqo‘rg‘on shahar, Pastdarg‘om tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida boʻldi.

U. Yusupov Samarqand viloyatidagi xizmat safari doirasida davlat arxivlari moddiy texnik bazasi, “O‘zarxiv” agentligi tomonidan joriy etilgan e.archive.uz elektron tizimiga tuman davlat arxivi xodimlari tomonidan raqamlashtirilayotgan arxiv hujjatlarini kiritish jarayonlari, mavjud muammolar yuzasidan xodimlar bilan suhbatlashdi. Uchrashuv chog‘ida amaliy tavsiya va takliflar berildi.

Ma'lumot uchun: Samarqand viloyat davlat arxivida bugungi kunda jami 4200 ta fondda, jami 662337 saqlov birligidagi doimiy hamda shaxsiy tarkib hujjatlari mavjud. Shundan 494629 saqlov birligidagi doimiy hujjatlar va 167708 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib hujjatlari hisoblanadi.

Ma'lumot uchun: Samarqand shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida bugungi kunda 158 ta fondda jami 87169 saqlov birligidagi hujjatlar, shundan 44771 saqlov shaxsiy tarkib va 42398 saqlov muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: Samarqand tuman davlat arxivida bugungi kunda 909 ta fondda jami 137289 saqlov birligidagi doimiy, shaxsiy tarkib va saqlov muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar mavjud. Shundan 840 ta fondga tegishli jami 115128 saqlov birligidagi doimiy hujjatlar va 69 ta fondga tegishli bo‘lgan jami 22161 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib va saqlash muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: Jomboy tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida bugungi kunda 676 ta fond jami 58 782 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib va saqlov muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar mavjud.

Ma’lumot uchun: Bulung'ur tuman davlat arxivida bugungi kunda 719 ta fondda jami 126421 saqlov birligidagi doimiy, shaxsiy tarkib va saqlov muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar mavjud. Shundan 504 ta fondga tegishli jami 118713 saqlov birligidagi doimiy hujjatlar va 215 ta fondga tegishli bo‘lgan jami 7708 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib va saqlash muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: Oqdaryo tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida bugungi kunda 573 ta fondda jami 24171 saqlov birligidagi hujjatlar, shundan 20956 saqlov shaxsiy tarkib va 3215 saqlov muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi.

Ma'lumot uchun: Ishtixon tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida bugungi kunda 624 ta fondda jami 25850 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib oid hujjatlar saqlanib kelinmoqda.

Ma’lumot uchun: Narpay tuman davlat arxivida bugungi kunda 565 ta fondda jami 99444 saqlov birligidagi doimiy, shaxsiy tarkib va saqlov muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar mavjud. Shundan 82838 saqlov birligidagi doimiy hujjatlar va 16326 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib va 280 saqlov birligidagi saqlash muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: Kattaqo‘rg‘on shahar davlat arxivida bugungi kunda 698 ta fondda jami 173858 saqlov birligidagi hujjatlar mavjud. Shundan 686 fondda 121816 saqlov birligidagi doimiy saqlanadigan hujjatlar, 12 ta fondda 52042 saqlov birligidagi saqlash muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar hujjatlar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: Kattaqo‘rg‘on shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar ijroiya komitetining 1976-yil 13-yanvardagi № 1/7–sonli qaroriga asosan Kattaqo‘rg‘on shahar idoralararo xo‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi tashkilot va korxona muassasalarning shaxsiy tarkibga oid hujjatlarini saqlanishini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, Bugungi kunda Kattaqo‘rg‘on shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida 128 ta fondda 43902 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib hujjatlari saqlanib kelinmoqda.

Ma’lumot uchun: Pastdarʼom tuman davlat arxivida bugungi kunda 394 ta fondda jami 91405 saqlov birligidagi doimiy, shaxsiy tarkib va saqlov muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar mavjud. Shundan 354 ta fondga tegishli jami 86029 saqlov birligidagi doimiy hujjatlar va 40 ta fondga tegishli bo‘lgan jami 5376 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib va saqlash muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: Pastdargʼom tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida bugungi kunda 1428 ta fond jami 53432 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib oid hujjatlar saqlanib kelinmoqda.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati