“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Samarqand viloyatidagi arxiv muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida sohaga doir yangiliklar, takliflar, muammolar xususida suhbat tashkil etildi.
Shuningdek, tizimdagi mavjud muammolar, kamchiliklar, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli tavsiyalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida joriy yilda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va kelgusidagi rejalar boʻyicha topshiriqlar berildi.