"O‘ZARXIV" AGЕNTLIGI DIRЕKTORI ULUG‘BЕK YUSUPOV SAMARQAND VILOYATIDAGI YOSH ARXIVCHI XODIMLAR HAMDA TALABA YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

Joriy yilning 30-noyabr kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxivchi yoshlar hamda viloyatdagi faol talaba yoshlar bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimdagi arxivlarda faoliyat olib borayotgan arxivchi yoshlar hamda Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti Samarqand davlat tibbiyot instituti Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, “Ipak yoʼli” Turizm va madaniy meʼros xalqaro universiteti talaba yoshlari ishtirok etishdi. 
Uchrashuv davomida yoshlar bilan sohaga doir yangiliklar, takliflar, muammolar hususida qiziqarli mazmunda suhbat tashkil etildi. Uchrashuv jarayonida yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollari, takliflari bilan chiqishdi.
yoshlar oʼrtasida o‘tkazilayotgan ijtimoiy tadbirlarni yanada ko‘proq tashkil etilishi va ularni mazmun jihatdan boyitib borish to‘g‘risida fikr va takliflar bildirildi.

Uchrashuv davomida 
"O‘zarxiv" agentligi buyurtmasiga asosan Oʼzbekiston Kinematografiya agentligi "Xronikali va hujjatli filmlar kinostudiyasi" tomonidan tasvirga olingan "YANGI OʼZBEKISTON АRXIVLАRI" hujjatli filmi yoshlarga va tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi. 


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati