“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Sherobod, Uzun, Boysun tumanlari hamda Surxondaryo viloyat davlat arxivida boʻldi.
“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Surxondaryo viloyatidagi xizmat safari doirasida Sherobod, Uzun, Boysun tuman hamda Surxondaryo viloyat davlat arxivlari ish jarayoni bilan tanishdi.
U. Yusupov arxiv ish jarayoni, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni saqlanish holati, raqamlashtirish jarayonlari, yig‘majildlarni umumiy holatlari, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishdi.
Ma'lumot uchun: Surxondaryo viloyat davlat arxivining 1962-yil 3-iyuldagi 5-son buyrug‘iga asosan Sherobod tumanlararo davlat arxivi tashkil etilgan. 2017-yilning dekabr oyida Surxondaryo viloyatida ilk bor Sherobod tumanida uch qavatli zamonaviy arxiv binosi qurib foydalanishga topshirildi. Ushbu bino zamonaviy, eng ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Hozirda tuman davlat arxivida 60214 saqlov birligidagi hujjatlar mavjud.
Ma'lumot uchun: Bugungi kunda arxiv idorasida Jami 653 jamg‘arma 100062 saqlov birlikdagi hujjatlar saqlanmoqda, shu jumladan 71009 saqlov birlikdagi boshqaruv hujjatlari, 20544 saqlov birlikdagi shaxsiy tarkib hujjatlari, 17 ta jamg‘armadan iborat 309 saqlov birlikdagi shaxsiy kelib chiqish hujjatlari va 8200 saqlov birlikdan iborat vaqtincha saqlovdagi hujjatlar, 9 jamg‘armadan iborat 1293 saqlov birlikdagi alohida qimmatli hujjatlar saqlanib kelinmoqda.
Ma'lumot uchun: Boysun tuman davlat arxivi 1966-tashkil etilgan. Hozirgi kunda Boysun tuman davlat arxivida 559-fondda 50436 s.b. hujjatlar mavjud. Shundan Doimiy - 180 / 36181 s.b. hujjatlari, Shaxsiy tarkibga oid - 370 / 13802 s.b. Shaxsiy kelib chiqish - 9/ 453 s.b. hujjatlardan iborat. 2024-yilning 24 -dekabr holatida 1307 yig‘ma jilddan 136263 kadr yaratilgan.