“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Sirdaryo viloyat davlat arxivi, Yangiyer shahar davlat arxivi hamda Oqoltin tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida bo‘ldi.
“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Sirdaryo viloyatidagi xizmat safari doirasida Sirdaryo viloyat davlat arxivi, Yangiyer shahar davlat arxivi hamda Oqoltin tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari ish faoliyati bilan tanishdi.
U. Yusupov arxiv ish jarayoni, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni saqlanish holati, raqamlashtirish jarayonlari, yig‘majildlarni umumiy holatlari, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishdi.