«O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Sirdaryo viloyati Guliston tumani “Birlashgan” mahallasida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.
























O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Sirdaryo viloyati Guliston tumani “Birlashgan” mahallasida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarga to‘liq javob berilib. har bir masala atroflicha o‘rganib chiqildi. Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatilib, bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.

Sayyor qabul yakunida ikki nafar mahalla yoshlarini ish bilan taʼminlash maqsadida amaliy yordam ko‘rsatilib, pech hamda payvand uskunasi taqdim etildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati