“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul o'tkazdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul o'tkazdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar asosan ajrim hujjatlari, kadastr bilan bog'liq muammolar bilan murojaat qilishdi. Har bir masala atroflicha o'rganib chiqilib, fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam koʻrsatildi, bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.
“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Sirdaryo viloyatiga xizmat safari doirasida Guliston tuman davlat arxivi va shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida boʻldi.
U.Yusupov arxivi ish jarayoni bilan tanishib, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni saqlanish holati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishib, arxiv xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.
Hamda, “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Sirdaryo viloyatidagi arxiv muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida sohaga doir yangiliklar, takliflar, muammolar xususida suhbat tashkil etildi.
Shuningdek, tizimdagi mavjud muammolar, kamchiliklar, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli tavsiyalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida joriy yilda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va kelgusidagi rejalar boʻyicha topshiriqlar berildi.