«O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Sirdaryo viloyatidagi arxiv muassasalari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi.




















«O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Sirdaryo viloyatidagi arxiv muassasalari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi.

Ushbu yig‘ilishda 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yildagi ustuvor vazifalar bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv so‘ngida «O‘zarxiv» agentligi direktori U.Yusupov Sirdaryo viloyatidagi xizmat safari doirasida 9 iyun — “Xalqaro arxivlar kuni” munosabati bilan Guliston shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi direktori Jamoliddin Musurmonovni Agentlikning idoraviy mukofoti “SOHA IFTIXORI” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati