“O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Surxondaryo viloyati Sherobod tuman davlat arxiviga tashrif buyurdi.




Bu yerdagi ish jarayoni bilan tanishib, ishlatilayotgan tizim samaradorligi, xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishdi va arxiv xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.
Ma’lumot uchun: Arxiv Surxondaryo oblast Ijroiya Komitetining 1962 yil 28 martdagi 4-141-son qarori hamda Surxondaryo oblast davlat arxivining 1962 yil 3 iyuldagi 5-son buyrug‘iga asosan Sherobod rayonlararo davlat arxivi tashkil etilgan.
Sherobod tuman davlat arxivida 1920-2016 yillarga oid chegara sanasidagi hujjatlar saqlanmoqda. Hozirda tuman davlat arxivida 60214 saqlov birligidagi hujjatlar mavjud.


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
O'zbekiston Respublikasi Xukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi