“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Surxondaryo viloyatidagi xizmat safari doirasida davlat arxivlari ish faoliyati bilan tanishdi.

















































O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Surxondaryo viloyatidagi xizmat safari doirasida Surxondaryo viloyat davlat arxivi, Angor, Muzrabot, Sherobod, Denov tuman davlat arxivlari va Termiz, Sherobod, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida bo'ldi.

U. Yusupov arxiv ish jarayoni, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni saqlanish holati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishdi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati