“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Toshkent viloyatidagi Rahbar va yoshlar bilan uchrashdi
“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Toshkent viloyatidagi Yosh arxivchi xodimlar bilan uchrashdi.
Toshkent viloyatida yosh arxivchilar bilan boʻlib oʻtayotgan uchrashuvda yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan ijtimoiy tadbirlarni yanada koʻproq tashkil etilishi va ularni mazmun jihatdan boyitib borish toʻgʻrisida fikr va takliflar bildirildi.
Uchrashuv yakunida “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov yoshlarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.
“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Toshkent viloyatidagi arxiv muassasalari rahbarlari bilan muloqot oʻtkazdi.
Ushbu yig'ilishda 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yildagi ustuvor vazifalar bo'yicha tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi. Joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Toshkent viloyatidagi xizmat safari doirasida Zangiota va Parkent tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida bo'ldi. Shuningdek, Olmaliq shahar davlat arxividagi qurilish ishlari bilan tanishdi.
U.Yusupov arxiv ish jarayoni bilan tanishib, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni saqlanish holati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishib, arxiv xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.
Ma'lumot uchun: Zangiota tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida 04.01.2024 yil holatiga 561 ta fond jami 65485 saqlov birligidagi doimiy, shaxsiy tarkib va saqlov muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar mavjud. Shundan 34 ta fondga tegishli yer ajratilganligiga oid jami 6825 saqlov birligidagi doimiy hujjatlar va 527 ta fondga tegishli bo‘lgan jami 58660 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib va saqlash muddati vaqtincha bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi.
Ma'lumot uchun: Joriy yil Olmaliq shahar davlat arxivida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 4 mlrd. mablag‘ ajratilib, arxiv binosida kapital taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, binoning elektr tarmog‘i tizimi to‘liq mis elektr simlariga almashtirildi, issiqlik tizimi to‘liq zamonaviy panel isitkichlar bilan o‘rnatildi hamda 2 ta qozonxonalar qurilib, bino to‘liq energiya tejovchi issiqlik tizimi bilan taʼminlandi. Bino fond saqlov xonalari 101-son Qaror talablari asosida temir eshiklar o‘rnatildi. Binoning 60% qismi to‘liq kapital taʼmirdan chiqarilib, hozirda kapital taʼmirlash ishlari binoning qolgan qismida davom etmoqda. Shuningdek bino tashqi fasadlari hamda ichki va tashqi hovli qismlari zamonaviy taʼmirlanishi rejalashtirilgan.